Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik nutq so‘zladi. U tabiatni asrash uchun barcha tashkilot va fuqarolar birga harakat qilishi kerakligini aytdi. “Deyarli barcha kiyimlarimni second-hand`dan xarid qilaman, bu odatga aylangan”, — dedi elchi.
2005 yilda O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatgan Tinchlik korpusi mamlakatga qaytishni rejalashtirmoqda, dedi AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston hukumati bilan prinsipial kelishuv mavjud.
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekiston hukumati va fuqarolari prezidentlik muddatlarini o‘zgartirishning «foyda va xatarlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishlariga» umid bildirdi. Bu borada bahs-munozaralar borligi yaxshi, deya qayd etdi u.
AQSh Senati Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Deniyel Rozenblyum esa mamlakatning Qozog‘istondagi elchisi bo‘ldi.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Amerika tashqi siyosatining O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari, islohotlardagi yutuq va muvaffaqiyatsizliklar, so‘z erkinligi va mamlakat rivoji o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida so‘zlab berdi. U Konstitutsiya islohotlari haqida ham fikr bildirdi.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2016 yildan buyon diniy erkinlikni ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishdi, biroq so‘nggi paytlarda «eski davrlarni aks ettiruvchi» holatlar ham kuzatilmoqda. «Orqaga ketmaylik, oldinga ketaylik, yanada bag‘rikengroq jamiyat sari harakat qilaylik», — dedi elchi.
AQSh O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga qiymati 2,5 mln dollarlik 50 dona Toyota Hilux va Fortuner avtomobillarini topshirdi. Avtomashinalar Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida taqdim etildi.
Yangi yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqlagan hukumat, O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida gapirgan AQSh elchisi, yana sotuvga qo‘yilgan «Sijjak», old o‘rindiqdagi yo‘lovchilarning xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘lgani, narxi oshib borayotgan oq qog‘oz va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting